Budjet kodeksi 152-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilishdan iborat. Davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablagʻlarni jalb etish boʻlib, bu mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablagʻlarni jalb etish davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish boʻlib, bu mablagʻ boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. Davlat tomonidan mablagʻ jalb etish boʻyicha qarorlar belgilangan tartibda qabul qilinadi. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini qoplash; ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish; davlat qarzini qayta moliyalashtirish; davlat qarzini boshqarish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish; pul mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan vaqtinchalik kassa uzilishining oʻrnini qoplash boʻyicha operatsiyalarni bajarish; toʻlov balansini qoʻllab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi. Davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanmaydi. Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qarz toʻlovlarini moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chi