Budjet kodeksi 156-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqaradi. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish va ularning cheklangan hajmi toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini joylashtirishda; davlat gʻaznachilik obligatsiyalari boʻyicha qiymatni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlashda; davlat gʻaznachilik obligatsiyalari boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.