Budjet kodeksi 165-2-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisoboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi: budjet ijrosining balansini; budjet daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani; budjetdan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoqlarga, shtatlarga va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet tashkilotlarining nomoliyaviy aktivlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi: budjet daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni. Tumanlar va shaharlar boʻyicha gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi. Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Resp