Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi davlat moliyaviy nazorat organlaridir. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari qismi boʻyicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.