Budjet kodeksi 172-modda. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari

Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir.