Budjet kodeksi 175-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida: quyi turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosining taʼminlanishi ustidan; ijtimoiy nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan; budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan smeta-shtat intizomiga rioya etilishining taʼminlanishi ustidan; aksiz soligʻi toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan; aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan toʻliq tamgʻalanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan; budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet hisobotini tuzishning toʻgʻriligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.