Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga koʻra amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida oʻtkaziladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining koʻchirma nusxasiga va xizmat guvohnomasiga ega boʻlishi kerak. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslariga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi.