Budjet kodeksi 181-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish

Davlat moliyaviy nazorat organlari maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etishga haqli.