Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati ushbu Kodeksning 170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan davlat moliyaviy nazorati obyektlarini nazorat qilish rejasiga koʻra yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin.