Budjet kodeksi 185-modda. Davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari

Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor shaxslari: davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligini bilishga; davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga; davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qoʻymaslikka; davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir. Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor shaxslari: davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi; davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi; davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, xolisligi va toʻliqligi uchun shaxsan javobgar boʻlishi; budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda foydalanilgan mablagʻlarning oʻrni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlashi shart. Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.