Budjet kodeksi 25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyxatini tasdiqlaydi; Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi; budjetnomani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi; Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi; davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi; Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi; Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda koʻrib chiqadi; oʻtgan moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, shuningdek joriy moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi; Oʻzbekiston