Budjet kodeksi 32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari

Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar: budjet buyurtmasini budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi; xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi; xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni moʻljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi; budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi; ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritadi; tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga taqdim etadi. Budjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek: shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi; ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga oʻzgartirishlar kiritadi; muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, gʻaznachilik boʻlinmalariga oʻz vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi; budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar qonunc