Budjet kodeksi 36-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari

Mablagʻlari soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari, soliq boʻlmagan toʻlovlar va jarimalar, homiylik mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan boshqa daromadlardan, shuningdek budjet transfertlari va subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamgʻarmalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan shu jumladan vazirliklar va idoralar huzurida tuzilishi mumkin.