Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlaridan: rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish; yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish; yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish; davlat tomonidan tashqi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash; Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish; grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yoʻli bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish; tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish; qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini), shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini koʻpaytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qoʻshilgan qiymat oʻsishini taʼminlashga imkon bera