Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs budjet mablagʻlari oluvchidir. Budjet mablagʻlari oluvchi budjet tashkiloti maqomiga ega boʻla olmaydi. Budjet mablagʻlari oluvchini Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish shartlari budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.