Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari: 1) belgilangan normativlarga muvofiq: foyda soligʻi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarib berilgan daromad soligʻi summasi chegirilgan holda); aksiz soligʻi; yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno). 2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 3) mol-mulk soligʻi; 4) yer soligʻi; 5) qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq; 6) aylanmadan olinadigan soliq; 7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim; 9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladigan, belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yigʻimlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni, huquq boʻyicha davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin. Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan norma