Budjet kodeksi 60-modda. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish

Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari: hisobot choragining soʻnggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno; faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning bir qismi; belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar; homiylikdan olingan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga budjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.