Budjet tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar: oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumtaʼlim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlarida va boshqa davlat taʼlim tashkilotlarida saqlab turilganligi uchun; oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda davlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganligi uchun; oliy va oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganlik uchun; statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun; qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi undiriladigan toʻlovlar hisobidan shakllantiriladi. Undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.