Budjet kodeksi 64-modda. Begʻaraz yordam turlari

Begʻaraz yordam insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlari tarzida beriladi. Insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqat, xalq isteʼmoli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tarzida beriladi. Tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, harbiy maqsad uchun moʻljallangan tovarlar, shuningdek olib kirilishi taqiqlangan tovarlar insonparvarlik yordami sirasiga kiritilishi mumkin emas. Texnik koʻmaklashish mablagʻlari asbob-uskunalar va texnologiyalarni sotib olish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish, xodimlarni davolash, oʻqitish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari koʻrsatish hamda qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun natura koʻrinishdagi va pul shaklidagi grantlar tarzida beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar boʻlishi mumkin. Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar tegishli donorlar bilan kelishuvlar yoki qonunchilik asosida aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi. Mablagʻlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning begʻaraz yordamga mansubligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to