Budjet kodeksi 65-modda. Insonparvarlik yordamini jalb etish

Insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar insonparvarlik yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan har yili 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi insonparvarlik yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31-iyuldan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. Insonparvarlik yordamini jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan insonparvarlik yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtma asosida amalga oshiriladi.