Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: umumiy oʻrta taʼlim, qoʻshimcha taʼlim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy taʼlim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish xarajatlari; bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonunchilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari; Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, koʻp tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tugʻruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qoʻyish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti filialini, hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalarini hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq toʻlash xarajatlari; tuman tibbiyot birlashmalarini, tuman markaziy poliklinikalarini va yotoq joysiz dispanserlarni, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarini, oilaviy poliklinikalarni hamda qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlarini saqlab turish xarajatlari; qabul qilingan davlat dasturlar