Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan: moddiy-texnik bazani mustahkamlash; xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish; boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan xodimlarning qoʻshimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Maxsus qism
VI boʻlim. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish hamda tasdiqlash