Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb yuritiladi): makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozlarini; soliq va budjet siyosatining oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini; Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlarining soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan oʻrta muddatli davr uchun prognozlarini; kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni; kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni; umumiy fiskal balans prognozlarini; Davlat budjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini; fiskal tavakkalchiliklar tahlilini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 15-aprelga qadar oʻrta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi ishlab chiqiladi. Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun: birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar roʻyxati hisobga olingan holda zarur boʻlgan mablagʻlar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi dastlabki takliflar; davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili 1-mayga qadar navbatdagi oʻrta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozlari va xarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekis