Budjet kodeksi 91-modda. Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish tartibi

Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish: tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarining obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida