Budjet kodeksi 92-modda. Budjet soʻrovlarini taqdim etish muddatlari

Kelgusi yil uchun budjet soʻrovlari joriy yilning 1-avgustiga qadar: Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga; birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlari — joriy yilning 15-avgustiga qadar ishlab chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining prognozi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-avgustigacha taqdim etadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining yangilangan prognozi boʻyicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga: birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning k