Davlat boji toʻgʻrisida 10-modda. Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda; 1¹ ) jismoniy shaxslar — oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar boʻyicha; 3) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda; 4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshir