Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi: 1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur boʻlgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning koʻchirma nusxalari toʻgʻriligini ularga tasdiqlab berganlik uchun; 2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish toʻgʻrisidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun; 3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar uchun; 4) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar boʻyicha; 5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun: Vatanni himoya qilish chogʻida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok boʻlgan shaxslarning mol-mulki uchun; uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan boʻlsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan boʻlsa; banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari, ish haqi summalari, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari uchun; ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ixtiro, seleksiya yutugʻi, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy huq