Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar; maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan va yotoqxonalarda yashovchi oʻquvchilari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (oʻqituvchilari) 2022-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrga qadar boʻlgan davrda. “Vatandosh” kartasining amal qilish davrida “Vatandosh” kartasining egasi, oila aʼzolari (ota-onasi, eri (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun, shuningdek turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlik muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga vaqtincha turgan joyi boʻyicha olti oy muddatgacha roʻyxatga qoʻyilayotganda ulardan davlat boji undirilmaydi. Tugʻilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida ushbu bola otasi yoki onasining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga roʻyxatga qoʻyilayotganda, shuningdek yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vasiysining (homiysining), tutingan ota-onasining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga roʻyxatga qoʻyilayotganda davlat boji undirilmaydi. Maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgarganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda ularni qayta davlat