Davlat boji, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat boji undiriladigan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilguniga qadar va (yoki) bunga vakolatli boʻlgan muassasalar (mansabdor shaxslar) tomonidan hujjatlar berilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi. Toʻlovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda toʻlaganligi fakti qogʻozdagi yoki elektron shakldagi toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi. Toʻlovchining davlat bojini naqd pul shaklida toʻlaganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi belgilagan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi. Davlat bojini toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, toʻlovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga koʻra ushbu Qonunning 19 — 24-moddalariga muvofiq belgilanadi. Davlat boji toʻlov hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi, bundan davlat bojining qaysi davlat organlari xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan boʻlsa, oʻsha davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi mustasno. Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji yagona hisobvaragʻiga keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat organi oʻrtasida qonunchilikka muvofiq taqsimlangan holda toʻlanadi. Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonunchilikda belgilanadi. Mulkiy nizo boʻyicha sudga daʼvo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga boʻlgan huquqni rasmiylashtirishda, agar daʼvo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdor