Davlat boji toʻgʻrisida 23-modda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish chogʻida davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Davlat bojini toʻlovchi tomonidan davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari huquqiy muhofaza qilinguniga qadar, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, geografik koʻrsatkichlarni, tovar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni yoki maʼlumotlar bazalarini hamda ularga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki ulardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar toʻlanadi. Davlat boji (patent boji) davlat bojini toʻlovchi tomonidan toʻlanganligi fakti elektron tizimlar orqali tasdiqlanadi. Agar davlat ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhiga talabnoma berilganligi va ekspertiza oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlangan boʻlsa, davlat ekspertizasi davlat bojini toʻlovchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud boʻlmaganda ixtiroda, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida koʻrsatilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan oʻtkaziladi. Agar talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda boʻlsa, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining davlat bojini toʻlovchi tomonidan tanlangan sinflariga nisbatan oʻtkaziladi. Davlat bojini toʻlovchi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida zarur summani qoʻshimcha ravishda toʻlash huquqiga ega. Davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi vakolatli organni