Davlat boji toʻgʻrisida 24-modda. Faoliyatning alohida turlarini amalga oshirishga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan jismoniy shaxslar davlat bojini oʻziga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda toʻlaydi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini har bir ijrochi uchun unga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda toʻlaydi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan miqdorda va tartibda toʻlaydi.