Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) daʼvogarlar — ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; 2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; 3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; 4) daʼvogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan; 5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; 5¹ ) daʼvogarlar — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; 5² ) pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq ishlar yuzasidan; 5³ ) daʼvogarlar — zoʻravonlikdan jabrlangan bolaga (bolalarga) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; 6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun; 7) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar; 10) isteʼmolchilar — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan; 11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomu