Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi

Davlat fuqarolik xizmati lavozimida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega boʻladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yoʻqotadi. Qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni oʻtash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.