Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 32-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat guvohnomasi

Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining toʻliq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati koʻrsatiladi. Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta koʻrinishida ham berilishi mumkin. Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi.