Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 53-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish

Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat tomonidan quyidagilar orqali taʼminlanadi: mehnat taʼtili va ijtimoiy taʼtillar berish; hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish; hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash; davlat pensiya taʼminoti. Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ijtimoiy himoya choralari kafolatlanadi: tibbiy xizmat koʻrsatish; rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarning, shu jumladan yashash va transport xarajatlarining oʻrnini qoplash; xizmat uy-joylari, xizmat transporti bilan yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pulli kompensatsiya bilan qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda taʼminlash. Davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy himoya choralari ham qoʻllanilishi mumkin. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qonunchilikda belgilangan asoslarda va miqdorlarda toʻlanadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar tatbiq etiladi. Ijtimoiy nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno.