Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi; davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.