Davlat xaridlari toʻgʻrisida 11-1-modda. Barqarorlik prinsipi

Davlat xaridlaridagi barqarorlik davlat buyurtmachisining ehtiyojlarni aniqlash, xaridlarni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish, xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish, gʻolibni aniqlash, shartnomalar tuzish, shuningdek tovarlar oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan fuqarolarning sogʻligʻini va atrof-muhitni himoya qilish maqsadida mazkur tovarlarni yoʻq qilish (utilizatsiya qilish), shuningdek pirovard natijalarni baholash kabi jarayonlarning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda davlat xaridlarini amalga oshirishga asoslanadi. Barqarorlik prinsipini qoʻllashda davlat buyurtmachilari quyidagilarni eʼtiborga olishi kerak: bozordagi qulay innovatsion yechimlarni, shuningdek barqarorlik talablariga toʻliqroq javob beradigan yangi, zamonaviy yondashuvlarni ragʻbatlantirishga boʻlgan ehtiyojlarni va imkoniyatlarni; xarid qilinayotgan tovarlarning butun hayotiy davri davomidagi funksiyaviy va ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga doir afzalliklarini hisobga olgan holda, ularni xarid qilish, ulardan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni utilizatsiya qilish xarajatlarini; xarid qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish, ishga tushirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan energiya, suv, xomashyo, sarflash materiallari, ehtiyot qismlari sarf-xarajatlari, shuningdek ishlar yoki xizmatlar boʻyicha shartnomalarni bajarish, obyektni foydalanishdan chiqarish, obyektni tiklash yoki shartnomani bekor qilish hamda xarid qilinayotgan tovarning hayotiy davri davomida talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa chora-tadbirlar natijasida atrof-muhitga nisbatan taʼsirni, shu jumladan iqlim oʻzgarishini; ijtimoiy oqibatlarni, shu jumladan amaldagi ijtimoiy rivojlanish siyosatiga muvofiq aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini yoki toifalarini qoʻllab-quvvatlashni, shuningdek taʼlim sifatini, kasbiy tayyo