Davlat xaridlari toʻgʻrisida 14-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi

Manfaatlar toʻqnashuvi bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda uning shaxsiy manfaatdorligi bilan davlat xaridlari subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoxud yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyatdir, shuningdek affillanganlikning mavjud boʻlishi. Davlat buyurtmachisining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining, ixtisoslashgan tashkilotning, ekspert tashkilotining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining aʼzolari hamda ekspertlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda oʻz ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi boʻlgan har qanday shaxsiy foydani bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar: xarid qilish tartib-taomillarni amalga oshirishda boshqa xarid qilish tartib-taomillari subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan hamda ushbu huquqlar va qonuniy manfaatlarni cheklaydigan har qanday manfaatlar toʻqnashuvi koʻrinishlarining oldini olishi shart; har qanday ehtimol tutilgan, taxmin qilinayotgan yoki mavjud manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi axborotning oshkor qilinishini kafolatlashi kerak. Mavjud boʻlgan yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar topgan, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarini hamda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi va davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organni koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni olgach, ushbu Qonun