Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantiriladigan, ushbu tartib-taomillarni oʻtkazish tartibida shakllantirilishi talab etiladigan kollegial organdir. Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi boʻyicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda gʻolibni (gʻoliblarni) tanlashdan iborat. Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida faoliyat koʻrsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan va tarqatib yuboriladigan organdir. Xarid komissiyasi toq sonli aʼzolardan iborat boʻladi, uning aʼzolari tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bogʻliq boʻladi hamda qonunchilikka muvofiq va olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda oʻzgartirilishi mumkin. Xarid komissiyasi aʼzolari xolis boʻlishi va xarid qilish tartib-taomili gʻolibini tanlashdan shaxsan manfaatdor boʻlmasligi kerak. Xarid komissiyasining ishiga rais rahbarlik qiladi, u xarid komissiyasi majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qoʻyishni va xarid komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni eʼlon qiladi, shuningdek xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalarini imzolaydi. Xarid komissiyasi raisi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosari bajaradi. Xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan masʼul kotibi tashkil etadi. Xarid komissiyasining har bir aʼzosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Xarid komissiyasining majlislari xarid komissiyasi aʼzolari hozirligida yuzma-yuz oʻtkaziladi. Yuzma-yuz majlislar videokonferensiyalar (telekonferensiyalar va hokazo) shaklida oʻtka