Davlat xaridlari elektron tizimining operatori qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga asosan davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxsdir. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori: davlat xaridlari elektron tizimining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, oʻz elektron resursining tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari hamda maxsus axborot portali bilan belgilangan tartibda uygʻun ishlashini taʼminlaydi; qonunchilikka muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini taʼminlash, shuningdek xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishda davlat xaridlarining elektron tizimini toʻgʻri ishlashi uchun javobgar boʻladi; oʻz elektron resursini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi; vakolatli organ, davlat xaridlari jarayonida ishtirok etayotgan boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori: ishtirokchi, ijrochi sifatida, shuningdek oʻzining elektron tizimida davlat buyurtmachisi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi boʻlishga; davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; uzatiladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularni