Davlat xaridlari toʻgʻrisida 30-modda. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari

Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat: elektron doʻkon; kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili; boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion; eng yaxshi takliflarni tanlash; tender; ikki bosqichli davlat xaridlari; toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari. Xarid qilish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.