Davlat xaridlari toʻgʻrisida 31-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot

Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik; davlat xaridlarining reja-jadvallari; davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar; hujjatlarning namunaviy shakllari; xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan namunaviy shartnomalar; davlat xaridlari bosqichlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborot; Shartnomalarning yagona reyestri; Yagona yetkazib beruvchilar reyestri; Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri; Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari; davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq, xolis va ishonchli boʻlishi kerak.