Davlat xaridlari toʻgʻrisida 33-modda. Davlat xaridlari qiymatini baholashga taalluqli qoidalar

Davlat xaridlari qiymatining bozor narxlariga muvofiqligini baholash uchun davlat buyurtmachisi ochiq axborot manbalaridagi axborotlardan yoki boshqa ishonchli manbalardan foydalanadi. Davlat buyurtmachisi har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining narxini oʻrganishi shart. Davlat buyurtmachisi davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning narxi hamda ularning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasiga nisbatan belgilangan talablarga amal qilishi lozim. Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning narxi hamda ularning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.