Davlat xaridlari toʻgʻrisida 35-modda. Davlat xaridlarining tili

Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot davlat tilida eʼlon qilinadi va tarqatiladi. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot davlat tili bilan bir vaqtda boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi va tarqatilishi mumkin. Boshqa tillarda eʼlon qilinayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotning mazmuni davlat tilida eʼlon qilingan axborotga muvofiq boʻlishi kerak.