Davlat buyurtmachisi gʻolib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi bunday qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini eʼlon qiladi. Davlat buyurtmachisi davlat xaridi bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan bekor qilish davlat buyurtmachisining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibati boʻlgan hollar mustasno.