Davlat xaridlari toʻgʻrisida 47-modda. Shartnomalarning yagona reyestri

Vakolatli organ davlat xaridlari elektron tizimlarining va maxsus axborot portalining axborotlar bazalari oʻrtasida axborot almashish orqali Shartnomalarning yagona reyestrini yuritadi. Shartnomalarning yagona reyestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi: davlat buyurtmachisining nomi; moliyalashtirish manbasi; ijrochini aniqlash usuli; xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan sana va shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari; shartnoma tuzilgan sana; tovarning (ishning, xizmatning) nomi, shartnoma bahosi va uni bajarish muddati, tovar (ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning va ishlab chiqaruvchining nomi; ijrochi soliq toʻlovchining nomi, firma nomi (agar mavjud boʻlsa), joylashgan yeri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun), ijrochining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ijrochining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami analogi, benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi axborot, bundan tarixiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan va davlat muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga oʻxshash fondlarni toʻldirish uchun moʻljallangan madaniy qimmatliklarni, shu jumladan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini, shuningdek noyob va qimmatbaho nashrlarni, qoʻlyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan ularning koʻchirma nusxalarini) yetkazib beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi axborot mustasno; shartnomaning oʻzgartirilgan shartlari koʻrsatilgan holda shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot; shartnomani ijro etish toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan shartnoma uchun haq toʻlash, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlik munosabati bilan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar, penyalar) hisoblanishi toʻgʻrisidagi a