Davlat xaridlari toʻgʻrisida 67-modda. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari

Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan axborot; shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda toʻlov tartibi haqidagi axborot; tenderda ishtirok etish uchun taklifni davlat tilida va, zaruriyatga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab; tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi haqidagi axborot; tender ishtirokchilariga tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana; texnik topshiriq; ushbu Qonunga muvofiq tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi; tender ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha arizani taqdim etish majburiyligi haqidagi talab. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida koʻrib chiqilishini eʼlon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta gʻolib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun gʻolib xarid qilish tartib-taomili shartlariga koʻra alohida-alohida aniqlanadi. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlariga uning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini tasdiqlaydi. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi