Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining oʻz oldida turgan vazifalarni hal etishni taʼminlaydigan haqiqiy talablari va ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish uchun davlat xaridlarini oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashning, uning isteʼmol xususiyatlari (tavsifi), sifat koʻrsatkichlarining va qiymatining asoslanganligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.