Davlat xaridlari: davlat buyurtmachisining davlat xaridlarini oʻtkazish xarajatlarini va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatini hisobga olish; davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash; davlat xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kerak.