Davlat xaridlari toʻgʻrisida 9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi

Davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligi: tegishli davlat organlariga, davlat xaridlarining subyektlariga va jamoatchilikka davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq, oʻz vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini taʼminlagan holda uni maxsus axborot portaliga joylashtirish; xarid qilish tartib-taomillariga doir hujjatlarni va hisobotlarni tuzish hamda but saqlashni taʼminlash orqali amalga oshiriladi.